“Navoiyuran” davlat korxonasi hamda “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ vakillari Mo‘g‘uliston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Ushbu safar O‘zbekiston Respublikasi va Mo‘g‘uliston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Safar doirasida “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJning Mo‘g‘ulistondagi shoʻba korxonasini tashkil etish hamda Mo‘g‘uliston hududida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (litsenziya) olish masalalari bo‘yicha “Mon-Atom” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlariga oid litsenziyalash jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida mahalliy yuridik va konsalting tashkilotlari — TSETS Partners, LKHAGVASUREN Ganbold Attorney hamda Advisor, Technical Assistance and Development Projects kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Kelgusida “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJning Mo‘g‘ulistondagi shoʻba korxonasi “Navoiyuran” davlat korxonasi bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishni rejalashtirgan.