O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikada yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burg‘ilash tizimini yanada takomillashtirish, yer osti suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning miqdor jihatdan kamayib ketishi va ifloslanishining oldini olish hamda pirovard natijada aholini uzoq muddatli istiqbolda sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida:
1. Yer osti suvlariga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etiladigan, yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar ro‘yxati
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
a) yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi, bundan tasdiqlangan davlat dasturlari doirasida va jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash hamda sutkasiga 5 metr kubgacha hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olish mustasno;
b) yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilashga gidrogeologik xulosa va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat geologiya qo‘mitasi) tomonidan:
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda;
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda beriladi;
v) qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqalar) foydalanilmaganda burg‘i quduqlaridan foydalanishni taqiqlash Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-apreldan boshlab:
yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berishning amaldagi tartibi bekor qilinadi hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda — burg‘ilovchi subyektlar) yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibi joriy etiladi;
burg‘ilovchi subyektlarga o‘z tasarrufidagi burg‘ilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlash va ularni doimo ishchi holatda saqlash majburiyati yuklatiladi;
qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli texnik hujjatlarga ega bo‘lmagan burg‘ilash uskunalari yordamida yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash taqiqlanadi va Inspeksiya tomonidan bunday holatlar aniqlangan taqdirda, burg‘ilash uskunalarini musodara qilish yuzasidan sudga murojaat etiladi;
yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnomaning talab va shartlarini bajarmaganlik uning amal qilishini to‘xtatib turishga, gidrogeologik xulosasiz burg‘ilash ishlarini olib borish esa ruxsatnomani bekor qilishga asos bo‘ladi;
yer osti suv olish inshootlariga (burg‘i qudug‘i, buloq kaptaji) ega bo‘lgan barcha yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga yillik suv olish miqdori to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga topshirish majburiyati yuklanadi;
vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantiriladigan yer osti suvlari hisobiga suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha istiqbolli dasturlar Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilishi shart.
3. Yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish va suv sathi kamayishining oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Kompleks chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’uliyat tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. Davlat geologiya qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yer osti suvlari holatining, ularda bo‘layotgan o‘zgarishlarning onlayn nazoratini o‘rnatish maqsadida:
2023-yil 1-mayga qadar Davlat geologiya qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zbekgidrogeologiya” DUK tomonidan yer osti suvlari monitoringining raqamli ma’lumotlar bazasi va interaktiv xaritasini tayyorlash bo‘yicha zamonaviy uskunalar va dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan situatsion markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilishini;
yaratilgan yer osti suvlaridan foydalanuvchilarning elektron ma’lumotlar bazasi 2023-yil 1-maydan boshlab Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab fuqarolar yig‘inlari a’zolari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash holatlari bo‘yicha Inspeksiyaga yoki hududiy gidrogeologiya stansiyalariga xabar berib borilishini ta’minlasin.
6. Belgilansinki, yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga:
2024-yil 1-yanvarga qadar yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritish maqsadida o‘z tasarrufidagi yer osti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash majburiyati yuklatiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yer osti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi (bundan jismoniy shaxslarga shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun yakka tartibda sutkasiga 5 metr kubgacha bo‘lgan miqdorda yer osti suvlarini olish mustasno).
7. Davlat soliq qo‘mitasi:
yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suvni hisobga olish vositalari plombalanishi, ro‘yxatga olinishi va ishchi holatining monitoringini ta’minlab borsin;
yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan suvni hisobga olish vositalarisiz suv olinganida soliq to‘lovini belgilangan soliq stavkasining besh baravari miqdorida undirish choralarini ko‘rsin.
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat geologiya qo‘mitasining:
hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va ulardan samarali foydalanish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish maqsadida Inspeksiya shtat jadvaliga tizim tashkilotlari boshqaruv xodimlari sonini mos ravishda qisqartirish hisobidan 13 ta inspektor lavozimini kiritish;
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK tarkibiga “Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati” davlat muassasasini kiritish orqali respublikada yer osti suvlari hamda xavfli geologik jarayonlarning yagona monitoring tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
9. Davlat geologiya qo‘mitasi:
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar yer osti suvlariga quduqlarni noqonuniy burg‘ilash va ulardan foydalanish, shuningdek, xavfli geologik jarayonlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish, bunda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarning Inspeksiyaga taalluqliligini belgilash bo‘yicha qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) 2023-yil 30-yanvarga qadar yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti hamda yer osti suv olish inshootlarida suvni hisobga olish vositalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi bilan birgalikda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni aniqlash maqsadida respublikadagi maxsus transport vositalarining (yer osti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalarining) yagona elektron bazasini shakllantirib borsin;
g) suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda yer osti suvlari davlat monitoringini kuchaytirsin hamda natijalariga ko‘ra har yili 1-aprelga qadar quyidagilar bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin:
hududlarda belgilangan cheklov choralarini davom ettirish, yumshatish yoki bekor qilish;
cheklovlar qo‘llanilgan hududlar maydonini o‘zgartirish yoki yangi hududlarni qo‘shish;
qo‘shimcha choralarni qo‘llash hamda mazkur hududlarda yer osti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq boshqa masalalar.
Bunda, Vazirlar Mahkamasi kiritilgan takliflarga muvofiq, moratoriy joriy etilgan hududlar maydoniga va tegishli cheklovlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rsin;
d) moratoriy joriy etilgan hududlar to‘g‘risidagi yillik ma’lumotlar o‘zining rasmiy veb-saytida va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa ochiq manbalarda e’lon qilib borilishini ta’minlasin;
e) 2023 — 2027-yillarda har yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturlari doirasida suv sathi pasayib ketayotgan hamda intensiv tarzda ekspluatatsiya qilinayotgan yer osti suv konlari resurslarini tubdan qayta baholash bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirsin.
10. Yer osti suvlari bo‘yicha geologik tadqiqotlarni olib borish, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish maqsadida Davlat geologiya qo‘mitasi sohaga oid tajribali konsultantlar bilan birgalikda:
ikki oy muddatda “O‘zbekgidrogeologiya” DUKning tarkibiy bo‘linmasi sifatida yer osti suvlarining holatini monitoring qilish va ulardan samarali foydalanish, aholi va obyektlarni ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xavfli geologik jarayonlardan muhofaza qilishga qaratilgan Davlat geologik monitoring xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘ysin;
2023-yilgi mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi loyihasida Davlat geologik monitoring xizmatini tubdan modernizatsiya qilish maqsadida zamonaviy aloqa, mobil laboratoriya, o‘lchov-kuzatuv qurilmalari, asbob-uskuna hamda avtotransport vositalari bilan ta’minlashni nazarda tutsin;
2023-yil 1-aprelga qadar o‘z tasarrufidagi gidrogeologiya korxonasining burg‘ilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlashni hamda ularning onlayn rejimda monitoringini yo‘lga qo‘ysin;
2023-yildan boshlab sohadagi xorijiy tashkilotlar bilan tizimli ravishda tajriba almashuvini va iqtidorli yosh mutaxassislarning xorijda malakasini oshirishni ta’minlab borsin.
11. Hududlarda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi
3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
bir hafta muddatda mazkur qarorga
3-ilovadan kelib chiqib, tegishli hududlarda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin;
Inspeksiya, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda doimiy asosda yer osti suv quduqlarini noqonuniy burg‘ilash va suv olish holatlari ustidan nazoratni kuchaytirsin va ta’sirchan choralar ko‘rib borsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan tizimli ravishda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlanishi va efirga uzatilishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga
4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari
5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Davlat geologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari A.A. Kadirxodjayev, suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.S. Nazarov va Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari M.M. Mirzayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son
qaroriga
1-ILOVA
Yer osti suvlariga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etiladigan, yer osti suvlari sathi pasayib ketayotgan hududlar
|
T/r
|
Viloyat nomi
|
Tuman nomi
|
Suv sathi pasayib ketayotgan maydonlar
|
|
5 metrgacha
|
5 metrdan ortiq
|
|
maydoni, ga
|
koordinatlari
|
maydoni, ga
|
koordinatlari
|
|
1.
|
Navoiy viloyati
|
Nurota tumani
|
|
|
15 400
|
SHK 40.590811° SHU 65.627721°
SHK 40.631591° SHU 65.672949°
SHK 40.596526° SHU 65.778531°
SHK 40.568862° SHU 65.819268°
SHK 40.550388° SHU 65.858702°
SHK 40.549203° SHU 65.882081°
SHK 40.560910° SHU 65.903963°
SHK 40.556425° SHU 65.935897°
SHK 40.563170° SHU 65.988450°
SHK 40.489072° SHU 66.171239°
SHK 40.508289° SHU 66.097473°
SHK 40.529620° SHU 66.044333°
SHK 40.539199° SHU 65.918762°
SHK 40.525811° SHU 65.844587°
SHK 40.539352° SHU 65.782597°
|
|
2.
|
Samarqand viloyati
|
Nurobod tumani
|
8 225
|
SHK 39.499391° SHU 66.562282°
SHK 39.531663° SHU 66.576209°
SHK 39.542695° SHU 66.587645°
SHK 39.545312° SHU 66.816004°
SHK 39.520784° SHU 66.815901°
SHK 39.510614° SHU 66.740724°
|
|
|
|
Payariq tumani,
Ishtixon tumani
|
Jami:
18 674
shundan:
8 055
10 619
|
SHK 40.024584° SHU 66.655206°
SHK 40.139093° SHU 66.645512°
SHK 40.112987° SHU 66.729799°
SHK 40.078716° SHU 66.870068°
SHK 40.019663° SHU 66.867798°
|
|
|
|
Ishtixon tumani
|
3 821
|
SHK 40.015783° SHU 66.468138°
SHK 40.050920° SHU 66.464099°
SHK 40.067539° SHU .66.480141°
SHK 40.068009° SHU 66.543762°
SHK 40.027562° SHU 66.545208°
SHK 40.009623° SHU 66.511614°
|
|
|
|
Urgut tumani
|
5 135
|
SHK 39.465971° SHU 67.327235°
SHK 39.464293° SHU 67.388673°
SHK 39.381299° SHU 67.357711°
SHK 39.386606° SHU 67.312761°
SHK 39.379272° SHU 67.300968°
SHK 39.383565° SHU 67.296600°
SHK 39.394659° SHU 67.293052°
|
|
|
|
Qo‘shrabot tumani
|
|
|
30 601
|
SHK 40.203215° SHU 66.680486°
SHK 40.241875° SHU 66.795290°
SHK 40.302839° SHU 66.766200°
SHK 40.318704° SHU 66.776061°
SHK 40.314955° SHU 66.470087°
SHK 40.332707° SHU 66.456782°
SHK 40.357320° SHU 66.500800°
SHK 40.373718° SHU 66.477851°
SHK 40.364216° SHU 66.433574°
SHK 40.403222° SHU 66.355846°
SHK 40.410816° SHU 66.357645°
SHK 40.440040° SHU 66.291144°
SHK 40.459457° SHU 66.298338°
SHK 40.481709° SHU 66.236258°
SHK 40.472853° SHU 66.211009°
SHK 40.205683° SHU 66.633574°
|
|
3.
|
Jizzax viloyati
|
Forish tumani
|
87 764
|
SHK 40.639572° SHU 66.749853°
SHK 40.740939° SHU 66.826721°
SHK 40.626112° SHU 67.064972°
SHK 40.549464° SHU 67.350900°
SHK 40.511996° SHU 67.416234°
SHK 40.384129° SHU 67.410312°
SHK 40.426321° SHU 67.179456°
|
|
|
|
Zomin tumani
|
23 606
|
SHK 40.229485° SHU 68.336883°
SHK 40.237958° SHU 68.604879°
SHK 40.207084° SHU 68.596378°
SHK 40.219070° SHU 68.605176°
SHK 40.142513° SHU 68.534183°
SHK 40.122991° SHU 68.338126°
|
46 446
|
SHK 40.063519° SHU 68.173062°
SHK 40.048635° SHU 68.337981°
SHK 40.122912° SHU 68.338325°
SHK 40.132300° SHU 68.536276°
SHK 40.113648° SHU 68.534609°
SHK 40.096491° SHU 68.571570°
SHK 40.095248° SHU 68.586702°
SHK 40.080041° SHU 68.638799°
SHK 40.068824° SHU 68.606054°
SHK 40.061508° SHU 68.614643°
SHK 40.034476° SHU 68.611920°
SHK 39.991818° SHU 68.630152°
SHK 39.972626° SHU 68.183164°
|
|
Yangiobod tumani
|
|
|
24 904
|
SHK 40.145616° SHU 68.920226°
SHK 40.111204° SHU 68.899218°
SHK 40.112287° SHU 68.845610°
SHK 40.114572° SHU 68.865505°
SHK 40.099909° SHU 68.768841°
SHK 40.079831° SHU 68.676189°
SHK 40.080041° SHU 68.638799°
SHK 40.068824° SHU 68.606054°
SHK 40.061508° SHU 68.614643°
SHK 40.034476° SHU 68.611920°
SHK 39.991818° SHU 68.630152°
SHK 40.034218° SHU 68.666680°
SHK 40.072669° SHU 68.841106°
SHK 40.058373° SHU 68.944279°
|
|
Sh. Rashidov tumani
|
17 099
|
1-uchastka.
SHK 40.247312° SHU 67.650665°
SHK 40.254225° SHU 67.734972°
SHK 40.250408° SHU 67.758244°
SHK 40.190802° SHU 67.786685°
SHK 40.157921° SHU 67.737798°
SHK 40.187480° SHU 68.699352°
2-uchastka.
SHK 40.013803° SHU 67.866366°
SHK 40.036067° SHU 67.866420°
SHK 40.038974° SHU 67.969763°
SHK 40.091849° SHU 67.979533°
SHK 40.081020° SHU 68.078508°
SHK 40.006776° SHU 68.067320°
|
|
|
|
4.
|
Qashqadaryo viloyati
|
Chiroqchi tumani
|
17 120
|
SHK 39.213326° SHU 66.506575°
SHK 39.120393° SHU 66.623283°
SHK 39.045338° SHU 66.590087°
SHK 39.046035° SHU 66.447297°
|
|
|
|
Ko‘kdala tumani, Koson tumani
|
Jami:
60 228
shundan:
51 880
8 348
|
SHK 39.247586° SHU 66.034811°
SHK 39.287836° SHU 66.095471°
SHK 39.213326° SHU 66.506575°
SHK 39.046035° SHU 66.447297°
SHK 39.102991° SHU 66.160311°
SHK 39.038084° SHU 66.029685°
SHK 39.067655° SHU 66.953936°
SHK 39.107628° SHU 66.822628°
SHK 39.124793° SHU 66.848605°
SHK 39.101939° SHU 66.008491°
SHK 39.122244° SHU 66.222863°
SHK 39.156270° SHU 66.289833°
SHK 39.187377° SHU 66.289887°
SHK 39.214065° SHU 66.256352°
|
Jami:
37 130
shundan:
26 597
10 533
|
SHK 39.247586° SHU 66.034811°
SHK 39.214065° SHU 66.256352°
SHK 39.187377° SHU 66.289887°
SHK 39.156270° SHU 66.289833°
SHK 39.122244° SHU 66.222863°
SHK 39.101939° SHU 66.008491°
SHK 39.124793° SHU 66.848605°
|
|
5.
|
Namangan viloyati
|
Kosonsoy tumani
|
|
|
2 638
|
SHK 41.217345° SHU 71.519766°
SHK 41.211786° SHU 71.492858°
SHK 41.177270° SHU 71.449920°
SHK 41.158333° SHU 71.478581°
SHK 41.166923° SHU 71.523212°
SHK 41.204794° SHU 71.525116°
|
|
Chortoq tumani
|
|
|
1 174
|
SHK 41.160013° SHU 71.735177°
SHK 41.147045° SHU 71.750966°
SHK 41.136172° SHU 71.752625°
SHK 41.118353° SHU 71.773280°
SHK 41.133746° SHU 71.788329°
SHK 41.155304° SHU 71.781777°
SHK 41.149946° SHU 71.792014°
|
|
Chust tumani
|
14 947
|
SHK 41.083900° SHU 71.124006°
SHK 41.065452° SHU 71.285665°
SHK 41.014827° SHU 71.282553°
SHK 40.986200° SHU 71.231305°
SHK 41.016542° SHU 71.105417°
SHK 41.052323° SHU 71.087817°
SHK 41.112673° SHU 71.128395°
SHK 41.098976° SHU 71.303192°
SHK 41.010888° SHU 71.338866°
SHK 40.968641° SHU 71.230791°
SHK 40.992068° SHU 71.072258°
SHK 41.049103° SHU 71.065132°
|
12 718
|
SHK 41.083900° SHU 71.124006°
SHK 41.065452° SHU 71.285665°
SHK 41.014827° SHU 71.282553°
SHK 40.986200° SHU 71.231305°
SHK 41.016542° SHU 71.105417°
SHK 41.052323° SHU 71.087817°
|
|
Yangiqo‘rg‘on tumani, Chortoq tumani
|
Jami:
21 675
shundan:
14 356
7 319
|
SHK 41.242353° SHU 71.769472°
SHK 41.266402° SHU 71.798768°
SHK 41.304004° SHU 71.763606°
SHK 41.289102° SHU 71.689968°
SHK 41.246359° SHU 71.689724°
SHK 41.235697° SHU 71.741377°
SHK 41.249247° SHU 71.659350°
SHK 41.201156° SHU 71.715668°
SHK 41.220346° SHU 71.834161°
SHK 41.400976° SHU 71.796696°
SHK 41.336751° SHU 71.669131°
SHK 41.249413° SHU 71.659187°
|
4 941
|
SHK 41.242353° SHU 71.769472°
SHK 41.266402° SHU 71.798768°
SHK 41.304004° SHU 71.763606°
SHK 41.289102° SHU 71.689968°
SHK 41.246359° SHU 71.689724°
SHK 41.235697° SHU 71.741377°
|
|
6.
|
Farg‘ona viloyati
|
Beshariq tumani
|
6 049
|
SHK 40.322521° SHU 70.564739°
SHK 40.326549° SHU 70.566561°
SHK 40.332887° SHU 70.573364°
SHK 40.335974° SHU 70.577353°
SHK 40.338309° SHU 70.578044°
SHK 40.342448° SHU 70.572047°
SHK 40.343037° SHU 70.561720°
SHK 40.347015° SHU 70.561375°
SHK 40.352335° SHU 70.560734°
SHK 40.354200° SHU 70.560038°
SHK 40.354728° SHU 70.555287°
SHK 40.350708° SHU 70.491234°
SHK 40.350983° SHU 70.483885°
SHK 40.353802° SHU 70.473199°
SHK 40.357757° SHU 70.465175°
SHK 40.394186° SHU 70.520283°
SHK 40.328125° SHU 70.648762°
|
|
|
|
7.
|
Andijon viloyati
|
Izboskan tumani
|
2 184
|
SHK 41.000698° SHU 72.220655°
SHK 41.006141° SHU 72.267117°
SHK 40.998969° SHU 72.266380°
SHK 40.985903° SHU 72.266720°
SHK 40.976266° SHU 72.283369°
SHK 40.925059° SHU 72.268381°
|
|
|
|
Jalaquduq tumani, Xo‘jaobod tumani
|
Jami:
1 006
shundan:
523
483
|
SHK 40.570957° SHU 72.751635°
SHK 40.570978° SHU 72.749342°
SHK 40.575662° SHU 72.747848°
SHK 40.580840° SHU 72.743577°
SHK 40.581374° SHU 72.740943°
SHK 40.582568° SHU 72.738651°
SHK 40.582440° SHU 72.737254°
SHK 40.588287° SHU 72.722019°
SHK 40.588893° SHU 72.700515°
SHK 40.621749° SHU 72.758980°
SHK 40.618675° SHU 72.758046°
SHK 40.606693° SHU 72.750705°
SHK 40.605487° SHU 72.750566°
SHK 40.602326° SHU 72.752053°
SHK 40.596770° SHU 72.750223°
SHK 40.595710° SHU 72.749610°
SHK 40.594084° SHU 72.749792°
SHK 40.590885° SHU 72.752000°
SHK 40.587085° SHU 72.753256°
SHK 40.584828° SHU 72.755779°
SHK 40.582826° SHU 72.755984°
SHK 40.582436° SHU 72.755636°
SHK 40.581445° SHU 72.752808°
SHK 40.581048° SHU 72.752397°
SHK 40.579024° SHU 72.753926°
SHK 40.573212° SHU 72.764752°
SHK 40.572284° SHU 72.765104°
SHK 40.571884° SHU 72.764773°
SHK 40.571400° SHU 72.762448°
SHK 40.571508° SHU 72.758800°
SHK 40.573011° SHU 72.753493°
|
|
|
|
Paxtaobod tumani
|
5 026
|
SHK 41.002432° SHU 72.268734°
SHK 41.012105° SHU 72.265257°
SHK 41.022220° SHU 72.275867°
SHK 41.029931° SHU 72.293383°
SHK 41.029389° SHU 72.302890°
SHK 41.033275° SHU 72.319292°
SHK 41.038662° SHU 72.324134°
SHK 41.044967° SHU 72.324104°
SHK 41.049924° SHU 72.328936°
SHK 41.059320° SHU 72.348466°
SHK 41.044464° SHU 72.362350°
SHK 41.041058° SHU 72.370057°
SHK 41.040497° SHU 72.378177°
SHK 41.032324° SHU 72.381673°
SHK 41.028191° SHU 72.393087°
SHK 41.028535° SHU 72.407056°
SHK 41.026567° SHU 72.409669°
SHK 41.026558° SHU 72.411208°
SHK 41.029739° SHU 72.421251°
SHK 41.034619° SHU 72.425636°
SHK 41.031929° SHU 72.444063°
SHK 41.028671° SHU 72.450002°
SHK 41.020775° SHU 72.458974°
SHK 41.011646° SHU 72.472098°
|
|
|
|
Qo‘rg‘ontepa tumani
|
4 338
|
SHK 40.672897° SHU 72.846589°
SHK 40.677575° SHU 72.820447°
SHK 40.719742° SHU 72.834435°
SHK 40.746145° SHU 72.866522°
SHK 40.759740° SHU 72.959251°
SHK 40.760949° SHU 72.980133°
SHK 40.751145° SHU 72.967275°
SHK 40.750310° SHU 72.964208°
SHK 40.738509° SHU 72.950571°
SHK 40.737926° SHU 72.949065°
SHK 40.736614° SHU 72.947636°
SHK 40.733282° SHU 72.945909°
SHK 40.732278° SHU 72.944562°
SHK 40.731986° SHU 72.932684°
SHK 40.727639° SHU 72.923290°
SHK 40.725068° SHU 72.921851°
SHK 40.722976° SHU 72.916545°
SHK 40.722859° SHU 72.913814°
SHK 40.721989° SHU 72.905564°
SHK 40.717815° SHU 72.892036°
SHK 40.715445° SHU 72.888100°
SHK 40.715475° SHU 72.886010°
SHK 40.714078° SHU 72.884901°
SHK 40.710615° SHU 72.871741°
SHK 40.711981° SHU 72.859931°
SHK 40.710034° SHU 72.858219°
SHK 40.699886° SHU 72.758152°
SHK 40.699550° SHU 72.864622°
|
|
|
|
|
|
Jami
|
296 897
|
|
175 952
|
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son
qaroriga
2-ILOVA
Yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvdan oqilona foydalanish va suv sathi kamayishining oldini olish bo‘yicha
|
T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Muddati
|
Moliyalashtirish manbai
|
Bajarish uchun mas’ullar
|
|
I. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
|
|
1.
|
Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chortoq, Nurota, Qo‘shrabot, Zomin, Yangiobod, Chiroqchi, Ko‘kdala, Beshariq, Paxtaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Nurobod, Urgut, Ishtixon, Payariq, Sh. Rashidov va Forish tumanlarining 1-ilovaga muvofiq hududlaridagi mavjud yer osti suv olish inshootlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ulardan oqilona foydalanish (shu jumladan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish) yuzasidan foydalanuvchilarga ko‘rsatmalar berish.
|
2023-yil avgust
|
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Nazarov),
“O‘zsuvta’minot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
2.
|
Xatlov natijasiga ko‘ra quyidagilar bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish:
suvdan foydalanuvchilar tomonidan ruxsatsiz burg‘ilangan quduqlarni keyinchalik ulardan oqilona foydalanish maqsadida tegishlicha hisobga olish (texnik pasport tayyorlash, suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma rasmiylashtirish, suvni hisobga olish vositalarini o‘rnatish);
tashlandiq va egasiz, lekin texnik yaroqli bo‘lgan suv olish inshootlarini muayyan suvdan foydalanuvchilarga keyinchalik foydalanish uchun berish;
tashlandiq, egasiz va yaroqsiz bo‘lgan suv olish inshootlarini Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda tugatish;
suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llamagan holda hamda yer usti suv manbalari mavjud bo‘lgan hududlarda chuchuk yer osti suvlaridan yerlarni sug‘orish maqsadida foydalanilayotgan quduqlar faoliyatini to‘xtatish.
|
2023-yil sentabr
|
-
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Nazarov),
“O‘zsuvta’minot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
3.
|
Suvdan foydalanuvchilarga mavjud quduqlar uchun texnik pasportlar tayyorlash, suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomalarini olish, quduqlarni suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlashni targ‘ib qilish, olinayotgan suv hisobini yuritish va tegishlicha axborotni hududiy gidrogeologiya stansiyalariga taqdim etib borish yuzasidan amaliy yordam va ma’lumotlar berish.
|
2023-2024-yillar
|
-
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
4.
|
Yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga berilgan ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan tizimli monitoring olib borish.
|
Muntazam ravishda
|
Davlat boshqaruvi organlari dasturlari doirasida
|
Suvinspeksiya
(G. Raximov),
“O‘zsuvta’minot” AJ
(S. Saifnazarov),
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(N. Oblomuradov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Nazarov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(A. Voitov)
|
|
5.
|
Chust, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Chortoq, Nurota, Qo‘shrabot, Zomin, Yangiobod, Chiroqchi, Ko‘kdala, Beshariq, Paxtaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Nurobod, Urgut, Ishtixon, Payariq, Sh. Rashidov va Forish tumanlaridagi yer osti suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda suvga quduqlar burg‘ilash ishlarining hamda mazkur hududlardagi chuchuk yer osti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar berishning alohida tartibga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash.
|
Muntazam ravishda
|
Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchilardan belgilangan tartibda undiriladigan yig‘im
|
Adliya vazirligi
(A. Tashkulov),
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Nazarov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
(I. Norqulov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
6.
|
Yer osti suvlari holati va ulardan foydalanish ustidan davlat monitoringini kuchaytirish.
|
2023-2024-yillar
|
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev)
|
|
7.
|
Qishloq xo‘jaligi sohasida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish dasturlari doirasida, birinchi navbatda, suv sathi pasayib ketayotgan hududlarda yer osti suvlari hisobidan yerlarni sug‘orishda mazkur texnologiyalarni to‘liq joriy qilish hamda rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish choralarini ko‘rish.
|
2023-yil dekabr
|
Tegishlicha davlat dasturlari, yerdan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(A. Voitov),
Suv xo‘jaligi vazirligi
(A. Nazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
8.
|
Suv sathi pasayib ketayotgan hududlardagi sug‘oriladigan yerlarni xatlovdan o‘tkazgan holda suvni kam talab qiladigan ekinlar yetishtirishga bosqichma-bosqich o‘tish choralarini ko‘rish.
|
2023-2024-yillar
|
Tegishli dasturlar doirasida
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(A. Voitov),
Kadastr agentligi
(A. Allaberganov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
9.
|
Respublika bo‘yicha yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan maydonlarda tashkil etilgan 11 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlaridan foydalanuvchilarni va potensial ifloslantirish manbalarini qayta xatlovdan o‘tkazish, xaritalash, geoaxborot bazasini yaratish hamda Milliy geografik axborot tizimiga integratsiya qilish.
|
2023-yil noyabr
|
Vazirlik va idoralar dasturlari doirasida
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(N. Oblomuradov),
Kadastr agentligi
(M. Mirmaksudov),
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari
|
|
10.
|
Xatlov natijasiga ko‘ra, mavjud yer fondidan oqilona foydalanish, yer osti suvlari ifloslanishining oldini olish va ularni muhofaza qilish, ulardan foydalanish nazorati hamda monitoringini kuchaytirish, hududlar maydoniga o‘zgartirishlar kiritish, yangi hududlarni tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2023-yil dekabr
|
-
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(N. Oblomuradov),
Kadastr agentligi
(M. Mirmaksudov),
Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari
|
|
II. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish
|
|
11.
|
Yer osti suvlarini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalari va talablari yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish zarurligini suvdan foydalanuvchilarga yetkazish choralarini ko‘rish.
|
2023-2024-yillar
|
-
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(N. Oblomuradov),
“O‘zsuvta’minot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
12.
|
Yer osti suvlarini muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “davra suhbatlari” va boshqa amaliy tadbirlarni o‘tkazish.
|
Muntazam ravishda
|
-
|
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(N. Oblomuradov),
“O‘zsuvta’minot” AJ
(S. Saifnazarov),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
13.
|
Yer osti suvlarini muhofaza qilish sohasida yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash hamda efirga uzatishni ta’minlash.
|
2023-2024-yillar
|
Tegishli dasturlar doirasida
|
O‘zbekiston MTRK
(A. Xadjayev),
Namangan, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hokimliklari
|
|
14.
|
Joylarga chiqqan holda, muntazam ravishda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish, suv resurslaridan samarasiz foydalanish oqibatlarini tushuntirish.
|
2023-2024-yillar
|
-
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
(N. Oblomuradov),
Davlat geologiya qo‘mitasi
(A. Kadirxodjayev),
“O‘zsuvta’minot” AJ
(S. Saifnazarov)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son
qaroriga
3-ILOVA
Hududlarda yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha
|
T/r
|
Chora-tadbirlar
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Moliyalashtirish manbai
|
Ijro muddati
|
Bajarish uchun mas’ullar
|
|
I. Yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
|
|
1.
|
Hududlar kesimida yer osti suvidan foydalanuvchilarni va ularning tasarrufidagi suv olish inshootlarini batafsil tahlil qilish hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
|
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududida ro‘yxatga olingan yer osti suvlaridan foydalanuvchilar va ularning tasarrufidagi quduqlarni (kamida 30 mingdan ortiq) birgalikda o‘rganib tahlil qilish.
2. O‘rganishlar natijasi bo‘yicha yer osti suvlaridan foydalanishga doir qonun buzilishi holatlari yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha suvdan foydalanuvchi subyektlarga tegishlicha ko‘rsatmalarni rasmiy tarzda taqdim etish.
3. Taqdim etilgan ko‘rsatmalar ijrosini tizimli monitoring qilish.
|
Mahalliy budjet mablag‘lari,
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi
|
2023-yil avgust
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zsuvta’minot” AJ,
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi
|
|
2.
|
Yer osti suv sathi pasayib borayotgan hududlarda davlat yer osti suv monitoringi ishlarini kuchaytirish.
|
1. Respublika bo‘yicha yer osti suv sathi pasayib borayotgan 21 ta hududdagi 187 ta kuzatuv quduqlarida o‘lchov ishlarini oyiga 3-martadan 5-martagacha oshirish, jumladan:
Navoiy viloyatida — 21 ta;
Samarqand viloyatida — 54 ta;
Jizzax viloyatida — 28 ta;
Qashqadaryo viloyatida — 18 ta;
Namangan viloyatida — 32 ta;
Farg‘ona viloyatida — 8 ta;
Andijon viloyatida — 26 ta.
|
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi
|
2023-2024-yillar
|
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
|
|
2. Monitoring natijalariga muvofiq suv sathi tushib ketayotgan yangi hududlar ro‘yxatini shakllantirib borish va doimiy ravishda tegishli davlat idoralariga axborot kiritish.
|
Har yili 1-aprelga qadar
|
|
3. Suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilashga gidrogeologik xulosa va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomani tegishligicha Suv xo‘jaligi vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda berilishini ta’minlash.
|
Doimiy, alohida ko‘rsatma bo‘lguniga qadar
|
|
4. Suv sathi 5 — 20 metrga pasaygan hududlarda ichimlik maqsadlaridan boshqa maqsadlar uchun quduqlar burg‘ilanishini, suv tejovchi texnologiyalarsiz yerlar sug‘orilishini oldini olish choralarini ko‘rish.
|
Doimiy, alohida ko‘rsatma bo‘lguniga qadar
|
|
II. Yer osti suvlaridan foydalanishning aniq hisobini yuritishni hamda burg‘ilash uskunalari monitoringini yo‘lga qo‘yish
|
|
3.
|
Yer osti suv olish inshootlarini (quduqlar) suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlash choralarini ko‘rish.
|
1. Yer osti suv olish inshootlarida suv hisoblash vositalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
-
|
2023-yil 1-fevral
|
Suv xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat soliq qo‘mitasi,
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK
|
|
2. Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar tomonidan o‘rnatilgan suvni hisobga olish vositalarini plombalash, ro‘yxatga olish va ishchi holatining monitoringini olib borish.
3. Suvdan foydalanuvchilar hisobotlari asosida raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirib borish va uning soliq organlari ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyasini ta’minlash.
|
Suvdan foydalanuvchilarning o‘z mablag‘lari
|
2023-yil dekabr
|
|
4.
|
Yer osti suvlariga quduqlar burg‘ilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlash.
|
1. Yer osti suvlariga quduq burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va ularga tegishli burg‘ilash uskunalari ro‘yxatini shakllantirish.
|
Burg‘ilovchi subyektlarning o‘z mablag‘lari
|
2023-yil 1-yanvardan boshlab
|
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK,
Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi,
yer osti suvlariga quduq burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari
|
|
2. Burg‘ilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlashni ta’minlash.
3. Burg‘ilash uskunalaridagi GPS-trekerlarning doimiy ishchi holatini ta’minlash.
|
2023-yil 1-martdan boshlab
|
|
III. Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi davlat nazoratini kuchaytirish
|
|
5.
|
Yer osti suvlariga quduqlarni noqonuniy burg‘ilash va ulardan foydalanish holatlarini tizimli monitoring qilib borish.
|
1. Aniqlangan noqonuniy burg‘ilash va suvdan foydalanish holatlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib borish.
2. Berilgan ko‘rsatmalarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun qonuniy ta’sirchan choralarini ko‘rish.
|
Davlat boshqaruvi organlari dasturlari doirasida
|
2023-2024-yillar
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimliklari, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, Suvinspeksiya,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK
|
|
6.
|
Yer osti suvlari holati monitoringi va kadastrini yuritish samaradorligini oshirish.
|
1. Sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali joriy etish orqali ma’lumotlarning tezkor almashinuvi va tahlilini yo‘lga qo‘yish.
2. Respublika bo‘ylab 13 ta gidrogeologiya stansiyalari tomonidan 3 062 ta kuzatuv quduqlarida yer osti suvlari monitoringini olib borish.
3. Monitoring va kuzatuv jarayonini onlayn rejimda nazorat qilish uchun “Situatsion markaz”ni tashkil etish va uning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
|
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi
|
2023-yil iyun
|
“O‘zbekgidrogeologiya” DUK
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son
qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli
Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi to‘g‘risidagi
nizomda:
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli
Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)
b)
58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Uzluksiz ish staji (uzoq muddat uzluksiz xizmati) uchun har oylik ustama faqat asosiy ish joyi bo‘yicha har oyda va xodimning lavozim maoshiga belgilangan razryad tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
|
Ish staji bo‘yicha guruh
|
Uzluksiz staj uchun ustama miqdori
|
|
1 yildan 3 yilgacha
|
30 %
|
|
3 yildan 5 yilgacha
|
60 %
|
|
5 yildan 10 yilgacha
|
75 %
|
|
10 yildan 15 yilgacha
|
100 %
|
|
15 yil va undan ortiq
|
150 %
|
|
|
”.
|
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son
qarorida:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun olib qo‘yilayotgan (sotib olinayotgan) yer uchastkasining egasi, foydalanuvchisi, ijarachisi yoki mulkdori bilan kompensatsiya to‘lovlari miqdori va shartlari kelishiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek yer uchastkasini davlat organiga ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash va berish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi”;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun yer uchastkasini belgilangan tartibda olib qo‘yish (sotib olish), yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar keyinchalik yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab beriladi (amalga oshiriladi)”;
38-bandning
beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”;
55-bandning
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”;
57-bandning
o‘n ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning
31-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”;
g) 3-ilovaning
15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Yer qa’ridan foydalanish maqsadlari uchun belgilangan tartibda olib qo‘yilgan (sotib olingan) yer uchastkasi, yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash, yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash va uchastka chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlar yer qa’ridan foydalanuvchi tomonidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armaga ruxsatnoma rasmiylashtirilgunga qadar qoplab berilishi lozim”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son
qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3578-son qarorining
9-bandi, 10-bandning ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 3 va 4-ilovalar.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-4461-son qaroriga ilovaning
5-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi kitob geologiya milliy tabiat bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4766-son qaroriga ilovaning
2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081; 10.08.2023-y., 06/23/116/0579-son)