2025 yil 26-oktyabr kuni “Uzbek Overseas Geology Company” rahbari Xayitboy Axmadaliyevich Omonov Qobul shahrida Afg‘oniston Islom Amirligi Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, iqtisodiy masalalar bo‘yicha mas’ul janob Izzom Muftiy bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Amirligi Konchilik va uglevodorod vazirligi o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama kelishuvnoma doirasida nazarda tutilgan masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar chog‘ida “Uzbek Overseas Geology Company”ga Afg‘oniston hududida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma berish masalasi xaqida suhbatlashildi.