Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

106

“Uzbek Overseas Geology Company” MChJ Bosh direktori X.Omonov Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

“Uzbek Overseas Geology Company” MChJ Bosh direktori X.Omonov O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur delegatsiya konchilik sohasida professional bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan 24 kunlik ta’lim hamda malaka oshirish dasturida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan. Ushbu o‘quv dasturi “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ homiyligida tashkil etilgan bo‘lib, delegatsiya a’zolari “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” davlat muassasasida “Geologiya-qidiruv va konchilik sanoatida laboratoriya va analitik tadqiqotlarning zamonaviy kompleks usullari” mavzusida tahsil olmoqdalar.

Uchrashuv davomida Bosh direktor X.Omonov ta’lim jarayonining sifati, o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi hamda delegatsiya a’zolarining fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonining yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdilar.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda olgan bilim va amaliy tajribalarini Vatanga qaytgach, boshqa mutaxassislarga ham yetkazish va ulashish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, geologiya va tog‘-kon sohasida tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Bo'lishish:
Text to speech