Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

51

Uran va noyob metallar qidiruvi: O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida strategik darajadagi hamkorlik

“Navoiyuran” DK “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy–ishlab chiqarish markazi bosh geologi X. Olovov hamda “Uzbek Overseas Geology Company” kompaniyasi bosh direktori X. Omonov Mo‘g‘ulistondagi "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdilar.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, strategik xom ashyo hisoblangan uranga geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etishni muhokama qildilar. Xususan, "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari tomonidan taklif etilgan oltita istiqbolli maydon bo‘yicha joriy yilda “Navoiyuran” DK hamda “Uzbek Overseas Geology Company” mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan 15 ming metrdan ziyod tasdiqlovchi burg‘ilash ishlarini, shuningdek, keng ko‘lamli geologik, geofizik va laboratoriya tadqiqot ishlarini hamda geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnoma olish tartibi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv jarayonida "Mon-Atom" kompaniyasi vakillari mazkur maydonlarda amalga oshiriladigan tasdiqlovchi burg‘ilash ishlari hajmi bo‘yicha ma’lumotlar bilan batafsil tanishdilar va ularning istiqbolini yuqori baholadilar. Shu bilan birga, geologiya sohasidagi qo‘shma faoliyat ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Kelgusidagi rejalarga muvofiq, maydonlarda geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. Mazkur hamkorlik nafaqat qator yangi qazilma zaxiralarini aniqlash, balki O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning tabiiy resurslar sohasidagi strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Bo'lishish:
Text to speech