Telegram
Instagram
Facebook

Biz haqimizda

Uzbek Overseas Geology Company : Geologiyada Global Qadamlar

Davlatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish quvvatlarini zarur xomashyo resurslari bilan barqaror ta’minlash shuningdek, qo‘shni va xorijiy davlatlarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish hisobidan yangi foydali qazilma konlarini aniqlash, ularni sanoat miqyosida o‘zlashtirish va yuqori likvidli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-yanvardagi 36-son “Afg‘onistondagi mineral-xomashyo resurslarini hamkorlikda o‘zlashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xorijiy mamlakatlarda geologiya-qidiruv hamda geologik tadqiqotlar ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan “Uzbek Overseas Geology Company” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

Shunga muvofiq, 2025-yil 3-fevralda “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ (Kompaniya) yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, tegishli guvohnoma olindi.

Mazkur kompaniyaning ta’sischilari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ hamda “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan jamiyat ustav kapitali shakllantirildi.

Bizning maqsadimiz — foydali qazilmalarni izlab topish bilan cheklanmay, har bir qadamda ilg‘or texnologiya va innovasion yondashuvlarni joriy etish!

Ma’lumot yig‘ish
Geologiya qidiruv ishlarini o‘tkazish
Geologik tahlil
Barqaror rivojlanish – bular bizning kundalik ish uslubimiz!

Hozirgi kunda kompaniya Mo‘g‘uliston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Amirligida loyihalarni amalga oshirmoqda. Biz xalqaro maydonda ham yurtimizni munosib namoyon etamiz!

Text to speech