Telegram
Instagram
Facebook

Mo‘g‘uliston Respublikasi hududida amalga oshirilayotgan loyihalar

“O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston geologlarining hamkorligi: ishonch va kelajak ko‘prigi”

“Uzbek Overseas Geology Sompany” MCHJning Mo‘g‘ulistondagi vakolatxonasi ochildi. Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Daadanxuu Batbaatar “Uzbek Overseas Geology Sompany”sining Mo‘g‘ulistondagi vakolatxonasiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniyaning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, Mo‘g‘ulistonning "Mon-Atom" kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida suhbatlashildi."Mon-ATOM" davlat korxonasi va “Uzbek Overseas Geology Sompany” MCHJ o‘rtasida hamkorlikda ishlash strategiyasini tuzish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

"Uzbek Overseas Geology Sompany" va Mongoliyaning "Mon-Atom» kompaniyasi vakillari o‘rtasida geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda taqdim etilgan geologik maʼlumotlar va hisobotlar asosida mavjud maydonlarning chegaralarini aniqlashtirish va zarurat tug‘ilganda qidiruv olib boriladigan hudud nuqtalariga o‘zgartirish kiritish, mavjud maydonlardan tashqari, qo‘shimcha geologik izlanishlar olib borish maqsadida yangi perspektiv maydonlarni taqdim etish imkoniyatini aniqlash va ko‘rib chiqish, qidiruv hamda tasdiqlovchi ishlarga ruxsat berish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Ushbu ishlar 2025 yilning noyabr oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. "Uzbek Overseas Geology Sompany"MCHJ vakillari uranga oid geologik materiallarni tahlil qilish va o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.

Tahlil ishlari uran zaxiralarini baholash, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash va geologiya-qidiruv ishlarini samarali tashkil etishga qaratilgan.

"Mon-Atom" kompaniyasi va “Uzbek Overseas Geology Sompany” MCHJ o‘rtasida maʼlumotlar almashinuvi bo‘yicha Kelishuv imzolandi. Mo‘g‘uliston hududida joylashgan uran maydonlari bo‘yicha dastlabki maʼlumotlar, xususan, 5 ta uranga istiqbolli "Greenfiyeld" hamda 1 ta "Brovnfiyeld" maydonlari bo‘yicha, shuningdek "Marday" uran koni hamda “Adamas Mining” kompaniyasi bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi. "Mon-Atom" kompaniyasi tomonidan uran maydonlari bo‘yicha barcha mavjud maʼlumotlar elektronlashtirilgan bo‘lib, yuqorida taklif etilayotgan maydonlar bo‘yicha maʼlumotlarni olish uchun shartnoma loyihasi tuzildi hamda prays taqdim etildi.

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Daadanxuu Batbaatar “Uzbek Overseas Geology Sompany”sining Mo‘g‘ulistondagi vakolatxonasiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniyaning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, Mo‘g‘ulistonning "Mon-Atom" kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida suhbatlashildi.

Geologiya sohasidagi hamkorlik – bu faqat qazilma boyliklar emas, balki ilm, texnologiya, iqtisod va siyosiy munosabatlarda ham o‘sish, yangi imkoniyat va barqaror taraqqiyot demakdir. Geologiya sohasidagi hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasida ishonchni mustahkamlaydi.

Text to speech