Uzbek Overseas Geology Company
Telegram
Instagram
Facebook

Xizmatlar

Burg'ulash operatsiyalari

Zamonaviy asbob-uskunalar yordamida turli maqsadlar uchun quduqlarni burg'ulash

Muhandislik va geologik tadqiqotlar

Xavfsiz loyihalash va qurish uchun geologik sharoitlarni har tomonlama o'rganish

Geologik qidiruv ishlari

Foydalanuvchi uning maqsadini tushunishi uchun xizmatning qisqacha tavsifi
  • 0
    Hamkorlar
  • 0
    Xodimlar
  • 0
    Loyihalar
  • 0
    Hamkor davlatlar

Bizning missiyamiz

Biz tabiy salohiyatni ochishga intilamiz, atrof-muhit va jamiyat manfaatlariga maksimal hurmat bilan yondashamiz. Bizning missiyamiz – foydali qazilmalarni topish bilan cheklanmay, balki geologik qidiruvning har bir bosqichiga innovatsion yondashuvlarni joriy etishdir. Maʼlumot yigʻishdan tortib modellashtirish va tahlilgacha – biz zamonaviy texnologiyalardan foydalanamiz, bu jarayonlarni aniqroq, xavfsizroq va samaraliroq qiladi. Barqaror rivojlanish bu biz uchun shunchaki trend emas, balki kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatdir.

25 yillik tajriba

Bizning geografiyamiz

Osiyo bo'ylab UOGC operatsiyalari

Yangiliklar

Barcha yangiliklar
“Uzbek Overseas Geology Company” MChJ faoliyati va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
“Uzbek Overseas Geology Company” MChJ faoliyati va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Afg‘oniston Islom Amirligining Qobul shahridagi Tog‘-kon sanoati va neft-gaz vazirligida “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ bosh direktori Hayitboy Omonov rahbarligidagi delegatsiya hamda O‘zbekiston Respublikasining Kobul shahridagi Elchixonasi vakili Bahodir Tashmanov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon va uglevodorodlar vazirligi rahbariyati va mutaxassislari bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor davlat idoralarining mas’ul vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon va uglevodorodlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvining amal qilish muddatini uzaytirish, unga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Uzbek Overseas Geology Company” MChJga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, kompaniya tomonidan Afg‘oniston hududida amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlarining joriy holati va natijalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar geologiya, tog‘-kon sanoati hamda uglevodorod resurslarini o‘rganish sohalaridagi hamkorlikni yana-da kengaytirish va o‘zaro manfaatli loyihalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirish va kelishilgan yo‘nalishlarda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

33
ANIQLIK VA TARAQQIYOT YO‘LIDA: XALQARO GEOLOGIK LOYIHALARNING YANGI DAVRI
ANIQLIK VA TARAQQIYOT YO‘LIDA: XALQARO GEOLOGIK LOYIHALARNING YANGI DAVRI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ va “O‘zbekgeofizika” AJ ta’sischiligida xorijiy davlatlarda geologiya-qidiruv va geologik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ tashkil etildi. Ushbu qaror mamlakatimiz geologiya sohasida yangi bosqichni boshlab berib, foydali qazilmalarni qidirish va ularni sanoat miqyosida o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro maydonda faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirdi. O‘zbekiston iqtisodiyotini zarur xomashyo resurslari bilan barqaror ta’minlash, yangi konlarni aniqlash va ularni samarali o‘zlashtirish bugungi kunda strategik ahamiyatga ega vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan “Uzbek Overseas Geology Company” nafaqat geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot, balki ilg‘or texnologiyalar, raqamli yechimlar va innovatsion yondashuvlarni joriy etuvchi zamonaviy platforma sifatida shakllanmoqda. Bugungi kunda kompaniya o‘z faoliyatini Mo‘g‘uliston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Amirligi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi hududlarida amalga oshirmoqda. Bu O‘zbekistonning geologiya sohasidagi salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etib, iqtisodiy diplomatiyaning yangi yo‘nalishlarini shakllantirmoqda. Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlik doirasida 2024-yil 18-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afg‘oniston Konchilik va neft vazirligi o‘rtasida muhim kelishuvlar imzolandi. Ushbu kelishuvlar asosida “Afg‘on-Tojik” neft-gaz havzasida qidiruv ishlari, Bomiyon viloyatida temir rudalari zaxiralarini o‘rganish hamda Zobul viloyatida mis konlari bo‘yicha istiqbolli maydonlarni tadqiq etish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga Afg‘onistonda maxsus “Harakatlar rejasi” asosida qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yilgan. Afg‘oniston bilan hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri kadrlar tayyorlashdir. Bugungi kunga qadar 40 nafar afg‘onistonlik talaba O‘zbekiston Geologiya fanlari universitetida tahsil oldi. Bu esa mintaqaviy ilmiy integratsiya va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Afg‘oniston Islom Amirligining Balx viloyatida joylashgan Muhammad Jandagar investitsion blokining MJ2001-sonli profili hududida 2D seysmik qidiruv ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida keng qamrovli tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi. Ushbu tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi – hududning geologik tuzilishini chuqur o‘rganish, neft va gaz salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli qatlamlarni aniqlash, shuningdek, 2D seysmik tadqiqot ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan zamonaviy geofizik uskunalar va texnologiyalarning samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi. Tajriba-sinov jarayonida seysmik maʼlumotlarni yig‘ish, ularni dastlabki qayta ishlash va tahlil qilish ishlari yuqori aniqlikda amalga oshirildi. Keng qamrovli tajriba-sinov ishlari natijasida 20002-piketdan boshlab 2D seysmik qidiruv ishlari boshlandi. Profilning umumiy uzunligi 60,0 pogon kilometrni tashkil etib, boshlanish qismi tog‘li va noqulay relyef sharoitida joylashgan. Qiyin hududlarda buldozerlar yordamida yer tekislanib, seysmik tadqiqotlar uchun qulay shart-sharoit yaratildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunga qadar 17,75 pogon kilometr masofada seysmik qidiruv ishlari muvaffaqiyatli bajarildi. O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Amirligi o‘rtasidagi Davlatlararo Bitim doirasida “Uzbek Overseas Geology Company” kompaniyasi “Muhammad-Jandagar” investitsiya blogida 2D usulida kompleks seysmik qidiruv ishlarini olib bormoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – mintaqaning geologik tuzilishini mofassallash va uglevodorod resurslarini o‘zlashtirish uchun istiqbolli ob’ektlarni aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtga qadar geologik-geofizik ma‛lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish asosida paleogen yotqiziqlarining (Buxoro gorizonti) strukturaviy-tektonik modeli ishlab chiqildi. Tadqiqotlar natijasida asosiy tektonik elementlarning chegaralari aniqlashtirildi va hududning neft-gazga boylik salohiyati yuqori ekanligi tasdiqlandi. Bugungi kunda bo‘r va yura davri yotqiziqlari bo‘yicha arxiv hamda yangi ma’lumotlarni raqamli muhitga integratsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda. Bashoratlarning yuqori aniqligini ta‛minlash maqsadida maxsus dasturiy majmuada quduq ma‛lumotlarining yagona bazasi shakllantirilmoqda. “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ 2026-yil 1-choragida Pokistonning Habib Rafiq Enginnering Pvt. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi HRL delegatsiyasiga O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar taqdimot qilindi. O‘z navbatida mehmonlar Pokistondagi foydali qazilmalarni o‘zlashtirishda O‘zbekiston tajribasidan foydalanishga va bu borada hamkorlikda ishlashga qiziqish bildirdi. Shuningdek, “HRL” hamda “UOGC” o‘rtasida “yo‘l xaritasi”ni imzolash masalalarini muhokama qilindi. Bu kabi keng qamrovli faoliyat faqat iqtisodiy samara bilan cheklanib qolmay, balki ilmiy, texnologik va diplomatik hamkorlikni ham mustahkamlamoqda. Geologiya bugungi kunda faqat konlarni izlash emas, balki davlatlar o‘rtasida ishonch, hamkorlik va barqaror rivojlanishni ta‛minlovchi strategik sohaga aylanmoqda. “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ O‘zbekistonning geologiya sohasidagi yangi qiyofasini shakllantirib, xalqaro loyihalar orqali iqtisodiy o‘sish, ilmiy taraqqiyot va diplomatik ishonchni birlashtiruvchi muhim platforma sifatida faoliyat yuritmoqda. Hurmatli hamkasblar va sohadoshlar! “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ jamoasi nomidan barchangizni Butunjahon metrologiya kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz! Barcha metrologiya va geologiya sohasi mutaxassislariga mustahkam sog‘liq, ilmiy izlanishlarda ulkan yutuqlar va yangi kashfiyotlar tilaymiz. Faoliyatingiz doimo aniqlik, ishonch va taraqqiyotga xizmat qilsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ,Bosh direktoriHayitboy Omonov

75
Habib Rafiq Enginnering Pvt. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Habib Rafiq Enginnering Pvt. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2026-yil 27-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R. Yusupov vazirlik, “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ mutasaddilari bilan birgalikda “Habib Rafiq Enginering Pvt. Ltd.” (“HRL”) kompaniyasining ijrochi direktori Abid Chima boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Vazir o‘rinbosari HRL delegatsiyasiga O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar haqida ma’lumot berib o‘tdi. O‘z navbatida mehmonlar Pokistondagi foydali qazilmalarni o‘zlashtirishda O‘zbekiston tajribasidan foydalanishga va bu borada hamkorlikda ishlashga qiziqish bildirdi. Shuningdek, tomonlar “HRL” hamda “UOGC” o‘rtasida “yo‘l xaritasi”ni imzolash masalalarini muhokama qildilar.

79
“Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ Bosh direktori X.Omonov Afg‘oniston delegatsiyasining ikkinchi guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ Bosh direktori X.Omonov Afg‘oniston delegatsiyasining ikkinchi guruhi bilan uchrashuv o‘tkazdi

“Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ Bosh direktori X.Omonov O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur delegatsiya konchilik sohasida professional bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan 24 kunlik ta’lim hamda malaka oshirish dasturida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan. Ushbu o‘quv dasturi “Uzbek Overseas Geology Company” MCHJ homiyligida tashkil etilgan bo‘lib, delegatsiya a’zolari “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” davlat muassasasida “Geologiya-qidiruv va konchilik sanoatida laboratoriya va analitik tadqiqotlarning zamonaviy kompleks usullari” mavzusida tahsil oldilar. Uchrashuv davomida Bosh direktor X.Omonov ta’lim jarayonining sifati, o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi hamda delegatsiya a’zolarining fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Afg‘oniston delegatsiyasi vakillari yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonining yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda olgan bilim va amaliy tajribalarini Vatanga qaytgach, boshqa mutaxassislarga ham yetkazish va ulashish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, geologiya va tog‘-kon sohasida tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

33
Balx viloyatidagi MJ2001 profilida seysmik tadqiqotlar boshlandi
Balx viloyatidagi MJ2001 profilida seysmik tadqiqotlar boshlandi

Avval xabar berganimizdek, “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ bo‘lim boshlig‘i M.A. Hakimov rahbarligida Afg‘oniston Islom Amirligining Balx viloyatida joylashgan Muhammad Jandagar investision blokidagi MJ2001 profili hududida 2D seysmik qidiruv ishlarini samarali tashkil etish va amalga oshirish maqsadida keng qamrovli tajriba-sinov ishlari o‘tkazilgan edi. Ayni paytda mazkur loyihaning janubiy qismida, ya’ni 20002-piketdan boshlab 2D seysmik qidiruv ishlari boshlandi. Profilning umumiy uzunligi 60,0 pogon kilometrni tashkil etib, boshlanish qismi tog‘li va noqulay relyef sharoitida joylashgan. Shunga qaramasdan, barcha ishlar yuqori darajada texnika xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilingan holda olib borilmoqda. Qiyin hududlarda buldozerlar yordamida yer tekislanib, seysmik tadqiqotlar uchun qulay shart-sharoit yaratildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunga qadar 17,75 pogon kilometr masofada seysmik qidiruv ishlari muvaffaqiyatli bajarildi. Loyiha doirasidagi barcha ishlar tasdiqlangan geologik-geofizik reja asosida izchil davom ettirilmoqda.

99
“UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ hamda “Navoiyuran” DK vakillaridan iborat delegatsiya Mo‘g‘ulistonda
“UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ hamda “Navoiyuran” DK vakillaridan iborat delegatsiya Mo‘g‘ulistonda

Xizmat safari davomida “UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ direktor o'rinbosari Avzal Mirabdullayev “Mon Аtom” davlat kompaniyasi vakillari bilan suhbatlashib, 2026-yil davomida Mo‘g‘uliston hududida uranga istiqbolli bo‘lgan maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Xususan, joriy yil aprel oyida Hukumatlar o‘rtasida kutilayotgan yig‘ilishda ikki davlat Kon-geologiya vazirligi hamda tashkilotlari o‘rtasida strategik kelishuvni imzolash hamda strategik kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston “UZBEK OVERSEAS GEOLOGY COMPANY” MChJ va “Mon Аtom” davlat kompaniyasi o‘rtasida xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzolagan holda uranga istiqbolli bo‘lgan maydonlar bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamini, xususan, geologik va ekologik loyihalarni ishlab chiqish, zarur bo‘lgan sertifikatlar, maʼlumotlarni jamlagan holda Mo‘g‘ulistonni litsenziya beradigan masʼul tashkilotiga hujjatlarni topshirishga kelishib olindi. Aprel oyida bo‘ladigan yig‘ilish doirasida Strategik kelishuv va Xizmat ko‘rsatish shartnomasi imzolanib, “Monatom” davlat kompaniyasi ko'magida yuqorida aytib o‘tilgan loyiha hujjatlari ishlab chiqiladi hamda kerakli litsenziyalarni olish uchun masʼul tashkilotlarga topshiriladi. Shu bilan birga, rasmiylashtirilishi kutilayotgan litsenziyalarga asosan geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun Mo‘g‘uliston hududida faoliyat yuritadigan burg‘ulash va geofizika kompaniyalari bilan ham shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yilda tegishli litsenziyalarni rasmiylashtirish hamda Mo‘g‘uliston hududida uranga istiqbolli bo‘lgan maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Dastlabki ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga muvofiq, dastlabki bosqichda ajratilgan maydonlarda to‘liq kompleksda 60 000 metrga yaqin burg‘ulash ishlarini olib borish kutilmoqda. Dastlabki ishlar natijasiga muvofiq ushbu maydonlarning potensial zaxiralari miqdori aniqlanib, keyingi bosqichlar uchun aniqlashtirilgan geologiya-qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqiladi.

181

Savollar va javoblar

Kompaniya nima ish bilan shugʻullanadi?

Kompaniya xorijda foydali qazilmalarni qidirish va baholash bo‘yicha geologik tadqiqotlar olib boradi.

Qaysi mamlakatlarda ishlaysiz?

Biz Osiyo, Afrika va boshqa hududlarda hamkorlarimiz so‘roviga asosan loyihalarni amalga oshiramiz.

Siz maslahat xizmatlarini taklif qilasizmi?

Ha, biz geologiya va konchilik bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim etamiz.

Siz bilan qanday bogʻlanish mumkin?

Rasmiy veb-sayt yoki “Aloqa” bo‘limida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Savollaringiz bormi?

Bog`lanish
Text to speech