Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

1

Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi Geologiya fanlari universitetida bo‘lib, taʼlim tashkilotining faoliyati bilan tanishdilar

Avval xabar berganimizdek, Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Kuni kecha delegatsiya aʼzolari Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Obidjon Qodirov mehmonlar uchun taqdimot o‘tkazdi. Unda Universitetning tashkil etilishi, taʼlim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy salohiyati hamda zamonaviy moddiy-texnika bazasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taqdimot jarayonida slaydlar orqali Universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, geologiya va konchilik sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, xalqaro hamkorlik aloqalari, shuningdek, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tayyorlanayotgan ilmiy kadrlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “O‘zbekgeologiyaqidiruv” AJ ning Regional geologiya boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Rizayev Aksionerlik jamiyati faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar geologiya va tog‘-kon sanoati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, tajriba almashish hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Bo'lishish:
Text to speech