Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

54

Afg‘oniston Islom Amirligida seysmik qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Uzbek Overseas Geology Company" MCHJ tomonidan Afg‘oniston Islom Amirligi hududida neft va gazga istiqbolli bo‘lgan Muhammad Jandagar hamda Axmadobod–Shamar investitsion bloklarida seysmik qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi. Tanlov natijalariga ko‘ra, mazkur loyiha bo‘yicha Turkiyaning “Safir” kompaniyasi g‘olib deb topildi.

Bugun "Uzbek Overseas Geology Company" geofizigi Mirshod Hakimov, “O‘zbekgeofizika” AJ yetakchi geofizigi Ulug‘bek O‘rmonov, “Safir” kompaniyasi vise-prezidenti Amir Husayn va loyiha menejeri Omer Terdu ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Afg‘oniston Islom Amirligidagi mazkur investitsion bloklarda seysmik qidiruv ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Bo'lishish:
Text to speech