Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

74

“Uzbek Overseas Geology Company” faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga taqdimot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etilgan “Uzbek Overseas Geology Company” MChJ 2025-yildan boshlab xorijiy mamlakatlarda geologiya-qidiruv va geologik tadqiqotlar yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur kompaniyaning asosiy vazifasi — O‘zbekistonning geologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik salohiyatini kengaytirish, ilg‘or tajribalarni jalb etish hamda global geologik izlanishlarda mamlakat manfaatlarini munosib himoya qilishdir.

Ushbu kompaniya tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi istiqboldagi rejalar yuzasidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziriga batafsil taqdimot qilindi. Taqdimot chog‘ida delegatsiya tomonidan Mo‘g‘uliston hamda Afg‘onistonda olib borilgan geologik qidiruv ishlari, erishilgan dastlabki natijalar, mavjud imkoniyatlar hamda rivojlanish istiqbollari yuzasidan axborot berildi.

Yig‘ilish davomida kompaniya faoliyatining barcha yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi, xorijdagi loyihalarda kuzatilgan muammolar va ularning hal etish mexanizmlari muhokama qilindi. Qayd etish joizki, uchrashuvda kompaniya rahbariyati va mas’ul xodimlar tomonidan ilgari surilgan takliflar tinglandi hamda mavjud masalalarga tizimli yondashuv asosida yechimlar ishlab chiqildi.

Muloqotda vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari rahbarlari ishtirok etib, xalqaro geologik faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Uchrashuv yakunida “Uzbek Overseas Geology Company” faoliyatini institutsional jihatdan mustahkamlash, xorijiy loyihalar samaradorligini oshirish va strategik yondashuvlar asosida kelgusi bosqichlarni belgilab olish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Bo'lishish:
Text to speech