Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

49

Uzbek Overseas Geology Company (UOGC) mutaxassislarining Iordaniyadagi xizmat safari davom etmoqda

Uzbek Overseas Geology Company (UOGC) xodimlaridan iborat ishchi delegatsiyaning Iordaniyaga xizmat safari faol davom etmoqda. 25-noyabr kuni kompaniya geologlari mamlakat janubida joylashgan Faifa mis koniga tashrif buyurib, hududning geologik tuzilishi va mavjud kon parametrlari bo‘yicha batafsil o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Tashrif doirasida:

mavjud geologik xaritalar, qazilma qatlamlar kesimlari va avvalgi tadqiqotlar bo‘yicha tuzilgan hisobotlar chuqur tahlil qilindi;

konning mis rudasiga boy qatlamlari, ularning qalinligi, chuqurlik bo‘yicha tarqalishi va sanoat ahamiyati bo‘yicha dastlabki baholashlar amalga oshirildi;

laboratoriya sharoitida kompleks tahlillar o‘tkazish maqsadida konning turli nuqtalaridan namunalar olindi, ruda tarkibidagi asosiy metall va qo‘shimcha elementlar aniqlanishi uchun sinov materiallari tayyorlandi;

kon hududida infratuzilma, qazish ishlari uchun logistika va texnik imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Ushbu xizmat safari davomida amalga oshirilayotgan ishlar faqat mavjud ma’lumotlarni tasdiqlabgina qolmay, balki yangi geologik ma’lumotlar bazasini shakllantirish, konning iqtisodiy bahosini aniqlash va loyiha bo‘yicha keyingi bosqichlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur jarayonlar UOGC uchun nafaqat xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, balki xorijiy konlarda zamonaviy geologik yondashuvlar asosida ishlash tajribasini yanada oshirish imkonini beradi.

Bo'lishish:
Text to speech