Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

139

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daadanxuu Batbaatar “Uzbek Overseas Geology Company”ning Mo‘g‘ulistondagi vakolatxonasiga tashrif buyurdi.

Mo‘g‘ulistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Janob Daadanxuu Batbaatar “Uzbek Overseas Geology Company”sining Mo‘g‘ulistondagi vakolatxonasiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya direktori Xayitboy Omonov va uning o‘rinbosari Avzal Mirabdullayev elchi bilan uchrashib, kompaniyaning xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, jumladan, Mo‘g‘ulistonning “Mon-Atom” kompaniyasi bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Suhbat chog‘ida geologiya sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik ishlarining hozirgi bosqichi muhokama qilindi. Xususan, 2025-yil noyabr oyi oxiriga qadar belgilangan maydonlar chegaralarini aniqlash, zarurat tug‘ilganda qidiruv ishlari olib boriladigan nuqtalarda o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, mavjud maydonlardan tashqarida qo‘shimcha geologik izlanishlar o‘tkazish imkoniyatini o‘rganish va yangi istiqbolli maydonlarni taqdim etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, qidiruv va tasdiqlovchi ishlarga ruxsat berish hamda bu yo‘nalishdagi qator tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

😎Elchi Janob Daadanxuu Batbaatar amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi hamda ikki tomonlama hamkorlikning yanada rivojlanishiga ishonch bildirib, boshlangan loyihalarda omad tiladi.

Bo'lishish:
Text to speech