2025-yil 24-noyabr kuni “UOGC” kompaniyasi mutaxassislari Iordaniyaga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Iordaniya Davlat atom energetikasi komissiyasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida komissiya raisi doktor Xaled Tukan hamda Bosh komissar Ahmad Alsabbag bilan rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar chog‘ida atom energetikasi sohasida hamkorlik yo‘nalishlari, texnik salohiyatni oshirish masalalari va ikki tomonlama o‘zaro aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shuningdek, tashrif doirasida komissiyaga qarashli texnik laboratoriyalar faoliyati o‘rganildi. Mutaxassislar laboratoriya jihozlari, tekshiruv imkoniyatlari hamda texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar.
2025-yil 24-noyabr sanasida, “UOGC” delegatsiyasi kernlarni saqlash ombori infratuzilmasi bilan ham tanishdi. Omborda mavjud texnologik uskunalar, saqlash shart-sharoitlari va qo‘llanilayotgan standartlar o‘rganildi.
Tashrif ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.