Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

48

Hurmatli hamkasblar — O‘zbekiston Respublikasining geologiya va konchilik sanoati xodimlari!

Mongoliyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan sizlarni buyuk va ulug‘ bayram — mamlakatingizning mustaqillik kuni bilan chin dildan va yurakdan muborakbod etaman!

Bu qutlug‘ sana nafaqat tarixiy marra, balki davlatingizning suverenitetini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro nufuz sari samarali yo‘lini ifodalaydi. O‘zbekiston Respublikasi oqilona rahbariyat ostida ishonch bilan olg‘a intilib, uzoqni ko‘ra bilish siyosati va barqaror rivojlanishning namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Alohida ta’kidlamoqchimanki, geologiya va konchilik sanoati — asrlar davomida taraqqiyot poydevorini yaratgan sohalardir. Sizlarning kasbiy yutuqlaringiz yanada o‘sishga zamin bo‘lib xizmat qilsin, tajriba va bilimlar esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlasin.

Shuningdek, geologiya sohasida bu yil Mongoliyada o‘z vakolatxonasini ochib, ish faoliyatini boshlagan, “Uzbek Overseas Geology Company” jamoasini ham bayram bilan muborakbod etaman. O‘ylaymanki ushbu hamkorlik bu sohada samarali loyihalarga yo‘l ochib, geologiya va konchilik sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sizlarga sog‘liq-salomatlik, farovonlik, tinchlik va ertangi kunga ishonch tilayman. Oilangiz totuvlik va baxt-saodatga to‘lsin, kasbiy faoliyatingiz esa ilhom, yutuq va hurmat olib kelsin.

Ushbu bayramona kunda sizlarga chuqur hurmat va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Daadanxuu Batbaatar
Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

Bo'lishish:
Text to speech