Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

19

Afgʻoniston Togʻ-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi konchilik sohasidagi professional bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan 28 kunlik ta’lim hamda malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston geologiya va togʻ-kon sohasida ilmiy, amaliy hamda texnologik jihatdan salmoqli tajribaga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida togʻ-kon sohasida navbatdagi muhim qadam qoʻyildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afgʻoniston Togʻ-kon va neft vazirligi oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvlariga muvofiq, afgʻonistonlik mutaxassislar malaka oshirish uchun Oʻzbekistonga yetib kelishdi.

Mazkur malaka oshirish dasturi “Uzbek Overseas Geology Company” kompaniyasi homiyligida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar Geologiya fanlari universiteti huzuridagi “Togʻ-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” davlat muassasasida 28 kun davomida “Geologiya-qidiruv va konchilik sanoatida laboratoriya va analitik tadqiqotlarning zamonaviy kompleks usullari” mavzusida tahsil oladilar.

Bo'lishish:
Text to speech