Afg‘onistondan tashrif buyurgan delegatsiya tashrif dasturi doirasida Samarqand viloyatida bo‘ldi. Safar davomida delegatsiya aʼzolari shaharning mashhur tarixiy-meʼmoriy obidalari bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, mehmonlar Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi hamda Bibixonim jome masjidiga tashrif buyurib, ushbu nodir yodgorliklarning tarixi va madaniy ahamiyati haqida batafsil maʼlumot oldilar. Samarqandning boy tarixiy merosi delegatsiya vakillarida katta qiziqish uyg‘otib, iliq taassurotlar qoldirdi.
Tashrif davomida bunday madaniy almashinuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Mazkur tashrif kelgusida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, madaniy aloqalarni mustahkamlashga ijobiy hissa qo‘shishi kutilmoqda.