Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

54

Ilm — eng qimmatli kon: Afg‘on mutaxassislari O‘zbekistonda bilim qazishmoqda

O‘zbekistondagi geologiya va tog‘-kon sohasi ilmiy, amaliy hamda texnologik jihatdan rivojlangan. O‘zbekiston va Afg‘oniston tog‘-kon sohasida navbatdagi qadamni qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afg‘oniston Tog‘-kon va neft vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvlari doirasida joriy yil noyabr oyida afg‘on mutaxassislarining O‘zbekistonda malakasini oshirish dasturi amalga oshiriladi. Mazkur dastur “Uzbek Overseas Geology Company” kompaniyasi homiyligida Toshkent shahridagi “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti” davlat muassasasida tashkil etilmoqda.

Dastur doirasida afg‘on tog‘-kon sanoati sohasi mutaxassislari geologiya qidiruv ishlari hamda laboratoriya tadqiqotlari yo‘nalishlarida nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlaydilar. Shuningdek, ular “O‘zbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi zamonaviy laboratoriyalarda amaliyot mashg‘ulotlarini ham o‘taydilar. Afg‘on mutaxassislari bu yerda zamonaviy geologiya qidiruv usullari, laboratoriya tahlillari va mineral resurslarni baholash texnologiyalari bilan tanishadilar. Afg‘onistonda hali keng tatbiq etilmagan zamonaviy geologik tadqiqot uskunalari va dasturiy ta’minot bilan ishlashni o‘rganadilar.

Ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, geologiya va tog‘-kon sohasidagi ilmiy-amaliy tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bo'lishish:
Text to speech