Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

73

Geologiyada yangi hamkorlik: O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston kadrlar tayyorlashni kuchaytiradi

Mo‘g‘uliston – dunyoda foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri. Bu mamlakat geologiya va konchilik bo‘yicha katta tajribaga ega. O‘zbekiston esa o‘z ilmiy maktabi va kadrlar salohiyati bilan ajralib turadi. Ularning birlashuvi ikki tomon uchun ham foydali natijalar keltiradi.

Shu maqsadda O‘zbekiston tomоnidan Geologiya fanlari universitetи prorektori L.Sharafutdinova, “Uzbek Overseas Geology Company” bosh direktori X. Omonov Mo‘g‘ulistonning Fan va Texnologiyalari Universiteti Geologiya instituti rahbariyati bilan uchrashib, кadrlar tayyorlash, ilmiy loyihalar va akademik almashinuv bo‘yicha yangi dasturlarni muhokama qildi.

Uchrashuvda geologiya sohasida kadrlar tayyorlash, amaliyot va ilmiy tajriba almashish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.Tomonlar strategik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilar ekan, ilmiy-ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi davomида geologiya va tog‘-kon sanoati yo‘nalishida muhim kelishuvlarga erishilgan edi. Ushbu kelishuvlar doirasida foydali qazilmalarni izlash, qazib olish va qayta ishlash, kadrlar malakasini oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Bu hamkorlik O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston geologlari o‘rtasida tajriba almashish, talabalar va yosh mutaxassislar uchun qo‘shma grantlar hamda amaliyot dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni xalqaro darajada birgalikda olib borishni, ikkala mamlakat tog‘-kon salohiyatidan samarali foydalanishni beradi.

Bo'lishish:
Text to speech