Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

42

“Uzbek Overseas Geology Company” rahbarining Afg‘onistonga xizmat safari davom etmoqda.

“Uzbek Overseas Geology Company” rahbari Xayitboy Omonov O‘zbekiston Respublikasining Qobuldagi elchixonasi xodimi hamrohligida Afg‘oniston Islom Amirligi Konchilik va uglevodorod vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari janob Shayx Abdurrahmon Qonet bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Amirligi Konchilik va uglevodorod vazirligi o‘rtasida imzolangan kelishuv doirasidagi qator muhim masalalar muhokama etildi.

Xususan,
🔹 “Uzbek Overseas Geology Company” tomonidan geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun lisenziya berish,
🔹 Dala lageri qurish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish,
🔹 Geologiya sohasiga oid uskunalarni olib kirish va olib chiqishda imtiyozlar taqdim etish,
🔹 Afg‘oniston  mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekiston uchun eksport imkoniyatlarini kengaytirish — geologiya-qidiruv xizmatlari, laboratoriya tahlillari va muhandislik tajribasini Afg‘onistonga eksport qilish orqali yangi bozor yaratiladi. Mintaqaviy barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlash — Afg‘oniston iqtisodining tiklanishi O‘zbekistonning janubiy qo‘shnisida barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.

Afg‘oniston uchun esa zamonaviy geologiya texnologiyalarini joriy etish — O‘zbekiston tajribasi asosida mineral qidiruv ishlari samaradorligi oshadi, infratuzilmaviy rivojlanish — dala lagerlari, tahlil laboratoriyalari va qidiruv bazalari qurilishi mahalliy iqtisodiyotga turtki beradi, malaka oshirish va kadrlar tayyorlash — o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirokida afg‘on kadrlarining malakasi oshiriladi. Investisiya va ish o‘rinlari yaratilishi — qo‘shma loyihalar mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlarini ta’minlaydi.

Uchrashuv o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Bo'lishish:
Text to speech