Samarqand viloyati, Nurobod tumani hududida joylashgan Sariko‘l volfram konida "Uzbek Overseas Geology Company"MCHJ mutaxassislari — geologlar A. Rajabov va I. Abloqulov ishtirokida keng ko‘lamli baholash ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida kon hududidagi kanavalar va parmalash quduqlari orqali olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va geologik baholash jarayonlarida JORC kodeksining xalqaro standartlari amalda o‘rganilmoqda.
Ushbu tajriba geologlarimizga mineral zaxiralarni baholashda ilg‘or xalqaro usullarni qo‘llash imkonini beradi hamda kelgusida Afg‘oniston Islom Amirligi hududida joylashgan Kundalan mis koni va Xesh temirga istiqbolli maydonida rejalashtirilayotgan loyihalarda JORC kodeksi talablarini samarali tatbiq etishga zamin yaratadi.
"Uzbek Overseas Geology Company"MCHJ doimiy ravishda mutaxassislar malakasini oshirish, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish va mintaqadagi geologik tadqiqotlar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirmoqda.