O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida geologiya sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu strategik sheriklik doirasida "Uzbek Overseas Geology Company" hamda Mo‘g‘ulistonning "Mon-Atom" davlat kompaniyasi vakillari tomonidan Mo‘g‘uliston janubidagi Dorngov viloyatiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif chog‘ida tomonlar hududdagi uranga istiqbolli bo‘lgan Narts maydonida avvalgi yillarda olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijalari bilan tanishdi. Shuningdek, maydonning geologik tuzilmasi o‘rganilib, geologik baholash ishlarini boshlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilma obyektlarining hozirgi holati baholandi.