Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

72

O‘zbekiston va Afg‘oniston geologiya sohasida strategik hamkorlikni boshladi!

O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va tog‘-kon sanoati vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Amirligining Tog‘-kon sanoati va neft vazirligi o‘rtasida yangi kelishuv imzolandi. Kelishuv doirasida

🔹 Afg‘oniston hududida joylashgan Muhammad-Jandagar, Shamar va Ahmadobod bloklarida uglevodorod qazilmalarini qidirish va geologik-qidiruv ishlari amalga oshiriladi;
🔹 Qazib chiqarish huquqi ustuvor ravishda O‘zbekiston tomoni tuzadigan Operatsion kompaniyaga beriladi;
🔹 Geofizik tadqiqotlar, hisobotlar va texnik-iqtisodiy asoslar tayyorlash ishlari o‘zbek mutaxassislariga yuklatiladi;
🔹 Afg‘oniston tomoni loyihalarga eksklyuziv huquq berilishi va zarur ruxsatlarni taqdim etishni kafolatlaydi;

📚 Shuningdek, ikki tomonlama salohiyatni oshirish dasturlari, mutaxassislar almashinuvi va amaliyotlar ham nazarda tutilgan. Barcha ma’lumotlar maxfiyligi va axborot almashinuvi xalqaro me’yorlar asosida ta’minlanadi.

 Bu kelishuv nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlaydi, balki mintaqadagi tabiiy resurslarni o‘rganishda yangi davrni boshlaydi! Kelishuv 2 yillik eksklyuziv muddatga ega bo‘lib, keyingi bosqichda xalqaro tajribalar asosida hamkorlik yanada kengaytiriladi.

Bo'lishish:
Text to speech