Telegram
Instagram
Facebook

Yangiliklar

47

O‘zbekiston – Mongoliya: geologiya sohasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mo‘g‘uliston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar, ikki davlat tog‘-kon sanoati va geologiya vazirliklari o‘rtasida anglashuv Memorandumi imzolanishi, unga muvofiq tomonlar foydali qazilmalarni qidirish, qazib olish va qayta ishlash, kadrlar malakasini oshirish hamda qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirishga kelishilgan.

Shuningdek, ilm sohasida umumiy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish hamda chet ellik talalabarni O‘zbekistonga o‘qishga jalb etish maqsadida Geologiya fanlari universiteti prorektori Sharafutdinova L.P., “Uzbek Overseas Geology Company” bosh direktori X. Omonov Mongoliya Milliy universiteti rektori Bayanjargalin Ochirxuyag bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda geologiya sohasida kadrlar tayyorlash, amaliyot va ilmiy tajriba almashish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.Tomonlar strategik hamkorlik istiqbollarini muhokama qilar ekan, ilmiy-ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolanishi kelishildi.

“Uzbek Overseas Geology Company” tomonidan O‘zbekistonda tahsil olish istagini bildirgan talabalar uchun grant ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular kelgusida mazkur kompaniyaning Mongoliyadagi vakolatxonasida o‘z faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu tashabbus O‘zbekiston va Mongoliya geologiya sohasi mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz. Shu bilan birga, bu qadam Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo mintaqalarida geologiya sohasidagi integratsiya jarayonlariga ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Bo'lishish:
Text to speech